
El Chiringuito: "Real" Yago Aspasning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
“Selta” klubi forvardi Yago Aspas faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 31 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Ta’kidlash lozimki, Aspas narxi 120 million evro deb baholanayotgan “Valensiya” forvardi Rodrigo Morenoning muqobili sifatida tilga olinmoqda.
Aytish kerakki, Aspasning transferi “Real”ga Rodrigodan ko‘ra ancha arzonroqqa tushishi mumkin. Boisi, uning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 40 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Aspas o‘tgan mavsum La Ligada jami 34ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 22ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar