Elena Vesnina: Mariyaning kitobini o‘qib, unga mehrim oshdi
Rossiyalik Elena Vesnina yurtdoshi Mariya Sharapovaning «Ushlab bo‘lmas: Mening hayotim» kitobidan olgan taassurotlarini aytib berdi
«Men Sharapovani kitobini o‘qidim. U barchasini ochiq oydin yozgan. Hazil hissi bilan, Haqiqatni ham. Shunday qilib o‘zi haqida bu kitobda hamma narsa bor. Mariya bolalik chog‘ida onasisiz Amerikaga ketgani, u erda otasi bilan yashaganini o‘qiganimda, ko‘zlarimga yosh keldi. U kelajakda bu qiyinchiliklar ortida ulkan g‘alabalar va yuksak cho‘qqilar kelishini bilmay, tinimsiz mehnat qilgan. »
Shuningdek, bu kitobda Serena haqida ko‘p yozilgan. Ularning bunday qarama-qarshiligi borligini ko‘rib, Hayratlandim”, deydi - Elena.

Fikrlar