
Elina Svitolina uchun joriy yilgi mavsum qimmatga tushdi
Barchamizga malumki, tennis eng ko‘p pul sarflanadigan sport turlaridan biri bo‘libgina qolmay, eng ko‘p mukofot pullari ham taqdim etiladigan sport turidir.
Biroq ushbu mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun tennischilar o‘zlari bilan bir qator murabbiylarni olib yurishga majbur bo‘ladilar. Sababi, ular murabbiylarsi qolgan sport turlari kabi yuksak natijalarga erisha olmaydilar.
Kuni kecha ukrainalik tennischi Elina Svitolina jamoa vakillari uchun qancha pul ishlatishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, besh kishidan tashkil topgan jamoada uning otasi moliyaviy masalalar bilan shug‘ullanadi. Svitolina jamoasi chipta, mehmonxona, maoshlar uchun yiliga 300 ming dollar atrofida pul sarf qilar ekan.
Fikrlar