
Elnur Abduraimov filippinlik Jeyms Palisteni mag‘lub etdi
SPORTS.uz Axborot Portali Boks bo‘yicha Osiyo chempionatidan eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etishda davom etadi.
Erta tongdan xabar berganimizdek, bugun mamlakatimizdagi boks ixlosmandlari hamyurtlarimiz ishtirokida 4 ta jangni guvohi bo‘lishlari mumkin.
Biroz avval yakuniga etgan bahsda, terma jamoamiz a’zosi Elnur Abduraimov filippinlik Jeyms Palistega qarshi jang olib bordi. 60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschimiz raqibiga hech qanday inkoniyat qoldirmadi va g‘alaba qozondi.
Ushbu jangdan so‘ng, terma jamoamizning yana bir vakili Shaxram G‘iyosov 69 kg vaznda doirasida iordaniyalik Ziyod Eashash bilan chorak final ostonasida jang qiladi.
Shaxram G‘iyosov ishtirokidagi jang yakuniga etgach tomoshabinlar boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan bokschilar ishtirokidagi 3 ta bahsni kuzatadilar. Va ushbu janglardan so‘ng, ringga Bektemir Meliqo‘ziev chiqib keladi (kunning 13-jang). Bokschimiz o‘zining «temir» zarbalari bilan eronlik Amin Zyadiga «master-klass» o‘tib berishini taxmin qilish qiyin emas.
18:00 dan boshlab esa, Jasurbek Latipov (52 kg) Qirg‘iziston terma jamoasi vakili Azat Usenalievga bilan kurash olib boradi (kunning 21-jang).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish oliborishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar