
Elnur Abduraimov terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni olib keldi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha yaqqol peshqadamga aylanib qoldi.
60 kg vazn toifasida ringa ko‘tarilgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov Hindiston vakili Shiva Tapa bilan oltin medal uchun kurash olib bordi.
Jang davomida raqibini bosib ostida ushlab tura olgan bokschimiz o‘zining chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan tamomladi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar