
Elnur Abduraimov terma jamoamizning zafarli yurishlarini davom ettirdi
Elnur Abduraimov Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining zafarli yurishlarini davom ettirdi.
Hamyurtlarimiz Jasurbek Latipov hamda Murodjon Ahmadalievning ishonchli g‘alabalidan so‘ng o‘zbekistonlik boks ihlosmandlari 60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimovning Xitoy terma jamoasi vakili Jun Shanga qarshi jangini tomosha qilishdi.
Uch raund davom etgan bahsda Elnur Abduraimov ochkolar hisobiga raqibi ustidan g‘alaba qozonishga erishdi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar