Emelyanenkoning keyingi raqibi 23 sentyabr kuni aniqlanadi
Rossiyalik MMA jangchi Fyodor Emelyanenko 23 sentyabr kuni San-Xoseda bo‘lib o‘tadigan Bellator 183 turniriga tashrif buyuradi. Ushbu shouda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Benson Xenderson — Patrisio Freyre jangda Emelyanenko navbatdagi raqibi va jang sanasi e’lon qilinadi.
Avvalroq Fyodor yangi yilda bo‘lib o‘tadigan Rizin yangi yil turnirida ishtirok etishi aytilgan edi, biroq sportchi bu xabarni inkor etdi.
Eslatib o‘tamiz, Emelyanenko Bellatordagi ilk jangida Mett Mitrionga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar