Emelyanenkoning keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi
Aralash yakkakurashlar jangchisi Aleksandr Emelyanenko RCC Boxing turniri doirasida Gabriel Gonzaga bilan kuch sinashadi.
- Aleksandr 4 jangda o‘z kuchini ko‘rsatish uchun shartnoma imzolaydi, shuni aytish joizki, 2 uchrashuv “Axmat” klubi doirasida bo‘lib o‘tadi. Uning birinchi jangi 5 may kuni Gonzagoga qarshi bo‘lib o‘tadi, - deydi RCC Boxing direktori Aleksey Titov.
36 yoshli Sasha Emelyanenko 3 yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini 2017 yilning sentyabr oyida boshlab yubordi. Shu vaqt oralig‘ida rossiyalik sportchi 3 marta ringga ko‘tarilib har bir uchrashuvda g‘alaba qozongan. MMA doirasida Emelyanenko 26 marta g‘alabani qo‘lga kiritgan biroq, 7ta bellashuvda o‘z omadini qo‘ldan boy bergan.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Gabriel Gonzaga faoliyati davomida 17 g‘alaba hamda 11 marta mag‘lubiyatga uchragan.Braziliyalik sportchi o‘z hayotining 10 yilini UFCga bag‘ishlagan.

Fikrlar