
Emeri "Arsenal"da Keylor Navasni ko‘rmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi “Real” darvozaboni Keylor Navasni tarkibga jalb etmoqchi.
Fichajes.net tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli kosta-rikalik posbonni shaxsan “kanonirlar” bosh murabbiyi Unai Emeri jamoada ko‘rmoqchi. Uning Londonga ko‘chib o‘tishi esa yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tibo Kurtua “Real”ga kelgach Navas zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shu bois uning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirish payida yuripti.
Ma’lumot uchun, Keylor joriy mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar