
Emeri Lyakazettni PSJ safida ko‘rmoqchi bo‘lgan
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri PSJ da ishlab yurgan paytlaridayoq o‘sha vaqtlarda "Lion" vakili bo‘lgan Aleksandr Lyakazettni o‘z jamoasida ko‘rishni istaganini ma’lum qildi.
- PSJ boshqaruviga kelgan vaqtimda biz Lyakazettni Parijga olib kelish haqida ko‘p bosh qotirganmiz. Biroq u "Lion" safida o‘ynardi va PSJ ga ushbu jamoadan qaysidir futbolchini jalb etish juda mushkul edi, - deydi ispaniyalik mutaxassis Sky Sports ga bergan intervyusida.
Qayd etish lozim, Lyakazett ayni paytda londonliklarning asosiy hujumchilaridan biri sanaladi.
Fikrlar