Emeri nega O‘zil "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaganini aytdi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri nima uchun Mesut O‘zil kecha bo‘lib o‘tgan "Vest Xem"ga (3:1) qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborganini aytdi.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq futbolchi va murabbiy o‘rtasida mojaro kelib chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Bunaqa xabar qaerdan paydo bo‘ladi o‘zi? Bu yolg‘on. Buni mendan, shifokorimizlan va klubdagilardan so‘rang. O‘zil kecha biroz kasal bo‘lib qoldi. U men va shifokor bilan gapshagach, uni maydonga tushirmaslikka qaror qildik”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.



Fikrlar