Eng kuchli polvonlar Chirchiqda jam bo‘lishdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida o‘tayotgan bellashuvlar erkaklar o‘rtasida 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda undan yuqori, ayollar o‘rtasida esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 kg.gacha va undan yuqori bo‘lgan vazn toifalarida tashkil etilmoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Erkaklar bahslarida 2000 yilda tug‘ilgan va undan katta yoshdagi polvonlar, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa 2001 yil va undan oldin tavallud topgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.

Musobaqa Nizomiga ko‘ra har bir jamoa tarkibidan ko‘pi bilan 14 nafar erkak va 16 nafar ayol sportchi o‘rin olishi va bellashuvlarda ishtirok etishi mumkin.

Bahslar ertaga nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!