Engilmas sportchimizni qirg‘iz polvoni mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan Islom Birdamlik o‘yinlarining yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda.

59 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Islomjon Bahromov final bosqichda gilamga chiqdi.

Xususan, hal qiluvchi bahsda qirg‘izistonlik K.Jolchubekov bilan raqobatlashgan sportchimiz raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Qayd etish joiz, Bahromov finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda turkmanistonlik S.Tazaev va pokistonlik A.Hussaynni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!