Entoni Joshua Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi
Super og‘ir vazn toifasining WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua Britaniya imperiyasining ordeni bilan taqdirlandi, deya Tvitterdagi “The Sportsman” sahifasi ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Entoni Joshua rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinni 8-raundda texnik nokautga uchratgan edi.
29 yoshli britaniyalik sportchi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) talqinlari bo‘yicha jahon chempionlik titullarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar