Eron terma jamoasi a’zosi endi Angliyada o‘ynaydi

  • 31.08.2018 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning “Rostov” klubi yarim himoyachisi Said Ezzatolloxi faoliyatini Angliyada davom ettiradigan bo‘ldi.

Berilgan xabarlarga qaraganda 21 yoshli eronlik futbolchi Chempionship vakili hisoblangan “Reding” safiga borib qo‘shilgan. Hozircha shartnoma tafsilotlari oshkor etilmayapti.

Ma’lumot uchun, “Reding” musobaqaning o‘tgan 5ta tur yakunlariga ko‘ra 23-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!