Ertaga Sabina Sharipova “St. Petersburg Ladies Trophy – 2018” turniridagi ishtirokini boshlaydi

Ertaga Rossiyada xotin-qizlar tennis uyushmasi - WTA tomonidan “Premier” tasnifiga kiruvchi “ST. PETERSBURG – 2018” turnirining saralash bahslari boshlanadi.

Sovrin jamg‘armasi 733.900 AQSh dollari bo‘lgan ushbu turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova saralash bahslarining birinchi davrasida ispaniyalik Lara Arruabarrenaga qarshi raqobatlashadi.

Mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 12:00 boshlanadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!