
“Everton” “Barselona” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Lyuka Din rasman "Everton"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda mersisaydliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Hozircha ushbu transportning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti. Lekin ba’zi manbaalarga ko‘ra ushbu “irischilar” transfer uchun 20 mln evro sarflashgan. 25 yoshli frantsiyalik futbolchi esa “Everton” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Din “Barselona” safiga 2016 yil PSJdan ko‘chib o‘tgan edi. Ushbu vaqt orasida esa u kataloniyaliklar safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar