“Everton” MYu himoyachisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 15.11.2018 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Kris Smolling mavsum yakunida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli angliyalik futbolchiga “Everton” klubi xaridor bo‘lmoqda. Mersisaydliklar Smollingni joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanganidan so‘ng tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Smolling MYu safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!