Evra: “MYu”da meni yoqtirmaydigan odam bor

  • 4 fevral, 2017, 11:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Qishki transfer mavsumida “Yuventus”dan “Marsel” safiga qo‘shilgan Patris Evra sobiq jamoasi – “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

Avvalroq frantsiyalik futbolchi Joze Mourinoning murabbiylar shtabi a’zosi sifatida “MYu”ga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.

“MYu”ga qaytishga juda yaqin turgandim. Men Mourino bilan suhbatlashgandim, ammo meni qaytishimni istamagan odam bor edi. Muxlislar ham “MYu”ga qaytishimni xohlagan bo‘lishi tabiiy, ammo vaziyat o‘zgarmadi va agentimdan boshqa variant izlashni so‘radim”, – dedi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, tajribali futbolchi 2006–2014 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!