
Evro-2020 saralashiga qachon qur’a tashlanadi?
O‘tgan bir necha kun ichida Evropa terma jamoalari UEFA Millatlar ligasida hal qiluvchi tur bahslarini o‘tkazishdi. Ushbu uchrashuvlar natijalariga ko‘ra Evro-2020 saralashi qur’asida terma jamoalarning qaysi savatchalardan joy olishi ham ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra:
1-savatcha. Shveytsariya, Portugaliya, Gollandiya, Angliya, Belgiya, Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Polsha.
2-savatcha. Germaniya, Islandiya, Bosniya i Gertsegovina, Ukraina, Daniya, Shvetsiya, Rossiya, Avstriya, Uels, Chexiya.
3-savatcha. Slovakiya, Turkiya, Irlandiya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya, Norvegiya, Serbiya, Finlyandiya, Bolgariya, Isroil.
4-savatcha. Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Albaniya, Chernogoriya, Kipr, Estoniya, Sloveniya, Litva, Gruziya.
5-savatcha. Makedoniya, Kosovo, Belarus, Lyuksemburg, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Moldova, Gibraltar, Farer orollari.
6-savatcha. Latviya, Lixtenshteyn, Andorra, Malta, San-Marino.
Ma’lumot uchun, Evro-2020 saralash bosqichiga 2 dekabr kuni qur’a tashlanadi. Unda terma jamoalar 10ta guruhga bo‘linishadi. Har bir guruhdan 5-6 ta jamoa joy oladi.
Fikrlar