
Evropa ligasi. Pley-offda ishtirok etuvchi 16 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
«Bayer» (Germaniya), «Tsyurix» (Shveytsariya), «Dinamo» Z (Xorvatiya), «Arsenal» (Angliya), «Chelsi» (Angliya), «Ayntraxt» (Germaniya) va «Latsio» (Italiya) jamoalari ancha oldin pley-off masalasini hal etgan bo‘lsalar, kechagi o‘yinlardan so‘ng «Zenit» (Rossiya), «Betis» (Ispaniya), «Fenerbaxche» (Turkiya), «Sporting» (Portugaliya), «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya) va «Dinamo» Kiev (Ukraina) klublari ham bahorgi mavsumga o‘tishlari ayon bo‘ldi.
EChLdan esa «Bryugge» (Belgiya), «Benfika» (Portugaliya) va «Valensiya» (Ispaniya)larning qo‘shilishi ham aniq bo‘lib ulgurdi.
Fikrlar