Evropa ligasi saralashi. "Zenit"dan yana bir irodali g‘alaba
Rossiyaning "Zenit" klubi o‘z maydonida Shvetsiyaning "Molde"sini qabul qildi. "Sankt-Peterburg Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar o‘z darvozasidan birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, 3:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, piterliklar o‘tgan hafta ham iroda ko‘rsatib, birinchi o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, o‘z uylarida kechgan javob bellashuvida 8:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.
Ma’lumot uchun, "Molde" va "Zenit" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 30 avgustda bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar