
Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
Xabaringiz bor kecha UEFA Evropa ligasi 1/16 final bosqich dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Chelsi” xavbeki Ross Barkli, “Valensiya” hujumchisi Ruben Sobrino, “Viktoriya” himoyachisi Lyudek Pernits va “Napoli” xavbeki Xose Kalexonlar musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qilishmoqda.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Fikrlar