Evropaning top klublari skautlari "Anderlext" - "Zenit" o‘yiniga tashrif buyuradi
Bugun UEFA Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida "Anderlext" o‘z maydonida “Zenit”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, ushbu o‘yinni kuzatish uchun Evropaning nomdor klublari skuatlari tashrif buyuradi.
Voetbalnieuws nashrining ma’lum qilishicha ertangi o‘yinni "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Milan", "Sevilya" va yana bir qator top klublar vakillari stadionning o‘zidan turib kuzatib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, "Anderlext" - "Zenit" uchravshuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:05da Bryussel shahridagi "Konstant Vanden Stok" stadionida start oladi.

Fikrlar