FIFA JCh-2022 da inqilob qilmoqchi
The Sun xabariga ko‘ra, bu mundialda ishtirok etuvchi jamoalar sonining 32 tadan 48 taga etishi mumkinligi sabablidir. Shunday bo‘lgan taqdirda har bir guruhda 3 tadan jamoa bo‘lgan 16 ta guruhga bo‘linadi va odatdagidek guruhda dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoalar pley-offga chiqadi.
Bu guruhdagi ikki jamoa birgalikda pley-offga chiqishi uchun 3-turda o‘zaro durang o‘ynab berish imkoniyatni oshiradi.
Penaltilar seriyasi esa guruh bosqichida durang natija qayd etilganda qo‘shimcha bo‘limlarsiz holda qo‘llanadi. Penaltilar seriyasi g‘olib chiqqan jamoa 2, mag‘lubi esa 1 ochkoga ega chiqadi.
Ma’lumot uchun, JCh-2022 21 noyabr-18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar