FIFA dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomini qachon e’lon qiladi?

  • 6 avgust, 2018, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA 24 sentyabr kuni 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini e’lon qiladigan bo‘ldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Tantanali marosim esa London shahrida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi nomiga Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Portugaliya), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya), Antuan Grizmann ("Atletiko", Frantsiya), Eden Azar ("Chelsi", Belgiya), Xarri Keyn ("Tottenxem", Angliya), Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya), Lionel Messi ("Barselona", Argentina), Luka Modrich ("Real", Xorvatiya), Muhammad Salax ("Liverpul", Misr) hamda Rafael Varan ("Real", Frantsiya) kabi futbolchilar da’vogarlik qilishmoqda.

Eng yaxshi murabbiyga esa Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Stanislav Cherchesov (Rossiya), Zlatko Dalich (Xorvatiya), Dide Desham (Frantsiya), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Yurgen Klopp ("Liverpul"), Roberto Martines (Belgiya), Diego Simeone ("Atletiko"), Garet Sautgeyt (Angliya) va Ernesto Valverde ("Barselona") kabi mutaxassislarning nomzodlari mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!