
FIFA reytingi: O‘zbekiston o‘z o‘rnida qoldi
Bugun FIFA terma jamoalarning may oyidagi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 381 ball bilan 88-pog‘onada qoldi. Jamoamiz Osiyoda Eron (36), Avstraliya (40), Yaponiya (60), Janubiy Koreya (61), Saudiya Arabistoni (67), Xitoy (73), Qirg‘iziston (75), Suriya (76), BAA (81), Livan (82) va Ummon (87) termalaridan so‘ng 12-pog‘onani egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz 19 may kuni “Ozodiy” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Fikrlar