FIFA talqini bo‘yicha Modrich JCh-2018ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi, biroq...
France Football nashri yozda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialning eng zo‘r futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.
E’tiborlisi, ovoz berish natijalariga ko‘ra Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi bu borada qolgan raqiblarini sezilarli tarzda ortda qoldirngan. Aniqrog‘i, ovoz berish jarayonida ishtirok etgan muxlislarning 48 foizi aynan 31 yoshli futbolchini tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, FIFA mundialning eng yaxshi futbolchisi deb Xorvatiya termasi sardori Luka Modrichni topgan edi. Eng yaxshi yosh futbolchi sovrini esa frantsiyalik Kilian Mbappega nasib etgan edi.




Fikrlar