Farhod To‘raev: "Gran-prida yoshlarga ham imkoniyat beryapmiz"

Xabar berganimizdek, biroz avval ertaga start oladigan dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining navbatdagi bellashuvlari avvalidan qur’a tashlash marosimi va matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Rasmiy tadbir o‘z yakuniga etganidan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Farhod To‘raev sportchilarimizning musobaqaga ko‘rgan tayyogarliklari va nimalar kutayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘rdik. Poytaxtimizda Respublikamizning barcha viloyatlaridan jam bo‘lgan dzyudochilarni yig‘ib kuniga 2 mahaldan har kuni mashg‘ulotlar olib bordik. Tayyogarlik jarayonida dzyudochilarimizga vaqtida dam ham berdik. Reglamentga ko‘ra, har bir vazn toifasida 4 nafar sportchilarimizni joylashtirishimiz mumkin. Shu imkoniyatdan foydalanib, har bir vaznlarda mahoratli polvonlarimiz yoniga yoshlarni ham qo‘yib, ularga tajriba olish, katta musobaqalar havosidan bahra olish imkoniyatini yaratib beryapmiz", – deydi Farhod To‘raev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!