Farruh Sayfiev: "Lokomotiv" - kuchli jamoa

  • 19 oktabr, 2018, 23:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

- O‘yinga tayyorgarlik yaxshi kechdi. Bellashuvga yuz foiz tayyormiz. Bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Maydonga yutuq uchun tushamiz. Xudo xohlasa, ishqibozlarimizni muvaffaqiyat bilan quvontiramiz.

"Lokomotiv" haqida qanday fikrdasiz?

- Bu yaxshi va kuchli jamoa. Ular birinchi o‘rinda ketishmoqda, o‘yini yaxshi shakllangan. Ammo biz bahsga to‘liq tayyormiz. Raqibni hurmat qilgan holda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Jamoaga to‘liq moslashib bo‘ldingizmi?

- Ko‘nikib ketish qiyin bo‘ldi deya olmayman. Chunki ularning ko‘p bilan tanishman, terma jamoalar safida va klubda birga o‘ynaganman. Oldindan bir-birimizni bilganmiz. Shu sababli moslashishda katta qiyinchiliklar bo‘ldi deb o‘ylamayman.

Nima uchun 34-raqamni tanlagansiz?

- "Nasaf"dagi ilk o‘yinimda 34-raqamli libosda maydonga tushgandim. O‘sha bellashuv yomon o‘tmagan. Shundan keyin ushbu raqamni tanlab kelyapman.

Mavsumni jamoa qanday yakunlashiga umid qilyapsiz?

- Kubokda finalga chiqib ulgurdik. Chempionatda ham g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqdamiz. Biz har ikki musobaqada bosh sovrinni o‘zimizniki qilishni xohlaymiz. Buning uchun oxirigacha bor kuchimizni beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!