Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi nega bekor qilindi?

  • 06.12.2017 17:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning aprel oyida professional boksdagi faoliyatini boshlagan bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining navbatdagi jangini 9 dekabr kuni o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Biroq Nyu-Yorkdagi afsonaviy “Madison Square Garden” arenasida bo‘lishi kutilgan jang bekor qilingan. Bunga uning jarohati sabab bo‘lgan va u endi O‘zbekistonga qaytadi. Qoldirilgan jang kelasi yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq uning bu to‘qnashuvda 35 yoshli rossiyalik Andrey Klimovga qarshi ringga chiqishi ma’lum qilingan edi, biroq so‘nggi olingan ma’lumotlarga qaraganda uning raqibi o‘zgarib, yakunda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 24 yoshli amerikalik Stiven Ortisga (7-0, 0 KO2) qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!