Feruzbek kumush kamar uchun jang qiladi

  • 09.02.2017 22:07
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida 18 fevral kuni tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Feruzbek Yo‘ldoshev WBC yo‘nalishi bo‘yicha Asian Boxing Council Silver lightweight title - Osiyo kumush kamari uchun mezbonlar vakili Rustam Nugaev bilan jang qiladi.

 

Feruzbek Yo‘ldoshev 2015 yilning kuzidan buyon professional ringdagi janglarda qatnashmoqda. Shu kungacha hamyurtimiz sakkizta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Hamyurtimizning raqibi Rustam Nugaev esa faoliyatini 2001 yili boshlagan. Kuchli zarbaga ega bokschi 28 ta g‘alabadan 18 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan. Shuningdek, bitta jangda durang qayd etib, etti marotaba mag‘lub bo‘lgan.

O‘zbekistonlik bokschilarga ma’qul kelgan tomoni shundaki, Rustam hech qachon o‘zbek boks maktabi vakillarini engolmagan. Dastlab Ziyoiddin Toyg‘onboevga, keyin Alisher Rahimovga imkoniyatni boy bergan.

Shunday bo‘lsa-da, Rustam Nugaev 2016 yilning 17 dekabr kuni filippinlik engilmas nokautchi Ardi Boyoseni nokautga uchratib, Asian Boxing Council Silver kamarini qo‘lga kiritdi. Endi Ruslan bu sovrinini Feruzbek Yo‘ldoshevdan himoya qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!