
Firmino orzusi nima ekanligini aytdi
“Liverpul” klubi forvardi Roberto Firmino Angliya premer-ligasining yangi mavsumidan nimalar kutayotgani haqida aytib o‘tdi.
“Albatta, mening orzuim – “Liverpul” bilan birga APL kubogini ko‘tarish va biz bunga harakat qilamiz.
Chempionlik uchun kurash juda shafqatsiz va so‘nggi kunlargacha davom etadi deb o‘ylayman. Shuning uchun ham biz mavsum boshidanoq musobaqa jadvalida yuqori o‘ringa ko‘tarilib olishni maqsad qilganmiz.
Favoritlar esa odatdagidek “Siti», MYu, «Chelsi» va biz. Bu borada kutilmagan syurprizlar bo‘ladi deb o‘ylamayman. Mavsum oxirida sovrinni qo‘lga kiritishimiz uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz deb muxlislarimizga va’da beramiz”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar