
Firminoning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klop APLning o‘tgan turida "Manchester Yunayted"ga (0:0) qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan braziliyalik hujumchi Roberto Firmino haqida gapirib o‘tdi.
“Biz xursandmiz, chunki Firmino o‘zini yaxshi his qilyapti. Jarohat avval boshida taxmin qilinganidek jiddiy bo‘lib chiqmadi. Bobbi hamisha tezda sog‘aygan, shuning uchun u “Everton”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Everton" - "Liverpul" uchrashuvi 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar