
Florentino Peres Solari bilan uchrashdi
As nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uchrashuv Madriddagi restoranlarning birida o‘tgan va ikki soatga yaqin davom etgan. Shuningbek mazkur o‘ziga xos yig‘ilishda klub direktorlari Xose Anxel Sanches va Ramon Martineslar ham qatnashishdi.
Birgalikda qilingan kechki ovqatda rahbariyat "Real"ning ayni vaqtdagi holati va jamoaning ayrim futbolchilarinining harakatlari muhokama qilindi. Solariga esa taqdiri natijalarga bog‘liq ekanligi ta’kidlangani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" ayni vaqtda Ispaniya La Ligasida ortda qolgan 24 turdan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar