Frantsiyani chempion qilgan futbolchi uyatchangligi bois sheriklaridan jahon kubogini so‘ray olmadi
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante kecha JCh-2018 finalida Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng “Lujniki”dagi taqdirlash marosimidan keyin uni nishonlash paytida uyatchangligi sabab sheriklaridan jahon chempionati kubogini so‘rab, uni qo‘lda ushlashga jur’at eta olmadi.
Get Football News France nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchi kubokka jamoadoshi Stiven N'Zonzi Frantsiya terma jamoasining boshqa a’zolariga qarata kubokni Kantega ham berish lozimligini aytgach qo‘l tekkizgan.
Aytish lozimki, Kante Frantsiyaning chempion bo‘lishida eng katta xizmat qilgan futbolchilardan biri bo‘ldi.
Fikrlar