"Galatasaroy" Falkaoni ijaraga olmoqchi

  • 29.12.2018 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Galatasaroy” klubi “Monako” hujumchisi Radamel Falkaoni ijaraga olmoqchi. Bu haqda Yahoo Sport FR xabar bermoqda.

Ayni damda istanbulliklar 32 yoshli kolumbiyalik futbolchining maoshi uchun homiy qidirishni boshlab yuborishgan. Gap shundaki, Falkaoning yillik maoshi 9 mln evroni tashkil etadi.

O‘z navbatida monakoliklar “Galatasaroy” yarim himoyachisi Yunes Belxandga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ammo, bu Falkaoning transferidan tashqari alohida muhokama qilinishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!