
Gamburg-2017: Musobaqada g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan barcha bokschilar bilan tanishing
Bir haftadan oshiq vaqt davomida o‘zbekistonlik va umuman boks ixlosmandlarini katta xayajonda ushlab turgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu musobaqada munosib tarzda ishtirok etdi. Vakillarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritgan xolda, umumjamoa hisobida Kubadan so‘ng ikkinchi bo‘lishdi.
Umuman musobaqada 10 vazn toifasida jami 40 ta medallar o‘z egasini topdi. 20 mamlakat bokschilari g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin egallashdi.
Biz esa quyida ushbu musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha 40 bokschi bilan tanishtiramiz.
49 kg:
- Xoanis Arxilagos (Kuba).
- Xasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston).
- Jomart Erjan (Qozog‘iston) va Yuberxen Martines Rivas (Kolumbiya).
52 kg:
- Yosvani Veytiya (Kuba).
- Jasurbek Latipov (O‘zbekiston).
- Tamir Galanov (Rossiya) va Inkyu Kim (Janubiy Koreya).
56 kg:
- Qayrat Eraliev(Qozog‘iston).
- Dyuk Rogan (AQSh).
- Gaurav Bidxuri (Xindiston) va Piter MakGreyl (Angliya).
60 kg:
- Sofyan Umia (Frantsiya).
- Lasaro Alvares (Kuba).
- Otar Eranosyan (Gruziya) va Dofrjnyambuugiyn Otgondalay (Mongoliya).
64 kg:
- Endi Kruz Gomez (Kuba).
- Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston).
- Freydis Roxas (AQSh) va Ovanes Bachkov (Armaniston).
69 kg:
- Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston).
- Ronel Iglesias (Kuba).
- Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston) va Abas Barou (Germaniya).
75 kg:
- Aleksandr Xijnyak (Ukraina).
- Abilxan Amanqul (Qozog‘iston).
- Kamran Shaxsuvarly (Ozarbayjon) i Troy Isli (AQSh).
81 kg:
- Xulio Sesar la Krus (Kuba).
- Djozef Uord (Irlandiya).
- Karlos Andres Mina Kaysedo (Ekvador) va Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston).
91 kg:
- Erislandi Savon (Kuba).
- Evgeniy Tiщenko (Rossiya).
- Vasiliy Levit (Qozog‘iston) va Sanjar Tursunov (O‘zbekiston).
+91 kg:
- Magomedrasul Medjidov (Ozarbayjon).
- Qamshibek Kunkabaev (Qozog‘iston).
- Foku Arsen (Kamerun) i Djozef Gudoll (Avstraliya).
Fikrlar