
Gameyro to‘rt daqiqada tarixni yangiladi
Ispaniya chempionatining 23-turida "Atletiko" hujumchisi Kevin Gameyro 62-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va "Sporting Xixon" darvozasiga ketma-ket uchta gol urdi.
Bu gollar 29 yoshli hujumchini Ispaniya chempionatida eng tezkor "xet-trik" qilgan futbolchiga aylantirdi. Uchta gol urish uchun Gameyro to‘rt daqiqayu 43 soniya sarfladi.
Ispaniya chempionatining avvalgi rekord ko‘rsaktkiyasi David Vilyaga tegishli bo‘lib, 2006 yilgi musobaqada ispan hujumchisi "Atletik"darvozasiga uchta golni 4 daqiqyu 47 soniya ichida urgan edi.
Fikrlar