
Gattuzo: Umid qilamanki Bonuchchi jamoani tark etmaydi
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoa sardori Leonardo Bonuchchining kelajagiga oydinlik kiritdi.
- Men bu masal bo‘yicha Leo bilan suhbatlashganman. Tan olish lozim, ushbu vaziyat bo‘yicha men bilan emas, klub rahbariyati bilan gaplashishi kerak.
Jamoani tark etmasligidan oldin uni maydonda haqiqiy sardor kabi ko‘rishni istayman. Oxirgi 12 kun u ajoyib natijalarni ko‘rsatib jamoani oldinga etakladi.
Uning kelajagi borasida bir qarorga kelish Leo va rahbariyat o‘rtasidagi muzokaralar davomida aniqlanadi. Umid qilamanki, Bonuchchi kabi kuchli va qobiliyatli inson jamoani tark etmaydi, - deya Gattuzonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar