Germaniya Kubogi. “Borussiya D” musobaqani tark etdi
Germaniya Kubogi musobaqasining nimchorak finalida “Borussiya D” jamoasi o‘z maydonida “Verder” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Ekstra taymlarda tomonlar yana ikkitadan gol urishdi.
Yakunda bellashuv 3:3 hisobida poyoniga etdi. Penaltilar seriyasiga murojaat etilgandan so‘ng “Verder” raqibdan ustun bo‘lib chiqdi.
Borussiya D – Verder 3:3 (1:1, 0:0, 1:0, 1:2)
Penaltilar seriyasi - 2:4
Gollar: 0:1 – 5 Rashitsa, 1:1 – 45 Roys, 2:1 – 105 Pulishich, 2:2 – 108 Pisarro, 3:2 – 113 Xakimi, 3:3 – 119 Xarnik.
Borussiya D – Olshlegel, Diallo, Xakimi, Toprak, Gerreyru (Bruun Larsen, 90), Vittsel, Pulishich, Gettse (Filipp, 90), Dileyni (Daud, 103), Roys (Pako Alkaser, 46), Vaygl.
Verder – Pavlenka, Augustinsson, Langkamp, Gebre Selassie (Eggeshtayn, 114), Moysander, Shaxin (Mevald, 76), Klassen, Eggeshtayn, Bargfrede (Pisarro, 90), Rashitsa (Xarnik, 66), Kruze.
Fikrlar