
Gollarga boy o‘yinda "Navbahor" "Paxtakor"ni engolmadi
Pepsi Superliganing 3-bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi. Xususan, birinchi bo‘limning 40-daqiqasida Ayubxon No‘’monov himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Dragan Cheran hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqaga kelib esa Ismoil Gonsalvesh belgilangan penaltidan unumli foydalanib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 77-daqiqaga kelib Azizbek Turg‘unboev hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada esa Farrux Sayfiev hisobni yana oshirdi. 90-daqiqada amalga oshirilgan burchak zarbasidan so‘ng Igor Golban hisobni yana teng ko‘rinishga olib keldi.
Qayd etish lozim, oldinroq Bekobodda o‘tgan uchrashuvda "Metallurg" o‘z maydonida "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yindan so‘ng "Navbahor" turnir jadvalida 20 ochko bilan 2-o‘rinni, "Paxtakor" esa 18 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar