Golovin ham Arshavinning yo‘lidan borishi mumkin

  • 10 iyul, 2018, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi hamda Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

TransferMarket nashri tarqatgan xabarga qaraganda 21 yoshli futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Kanonirlar” aynan Golovin orqali jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Golovninga "Monako", "Chelsi" va "Yuventus" kabi jamoalardan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi Evro-2008da muvaffaqiyatli ishtirok etgach, o‘sha paytdagi jamoa etakchisi Andrey Arshavin ham aynan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!