Golovkin - Alvares revansh jangi Las-Vegasda bo‘lmasligi mumkin
O‘rta vaznda WBA (Super), IBO, WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi Gennadiy Golovkinning (37-0-1, 33 KO) promouteri Tom Leffler qozog‘istonlik bokschining meksikalik Saul "Kanelo" Alvares (49-1-2, 34 KO) bilan bo‘ladigan revansh jangida nimalarga e’tibor kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Bunda asosan joy masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligini qo‘shimcha qilgan.
– Men Madison Square Garden arenasi jangni qabul qilishga xuddi Cowboy Stadium kabi tayyor turibdi. Las-Vegas uni yana qabul qilishni istamoqda. Shunday ekan buni atroflicha o‘rganib chiqamiz. Gap faqat taqdirlash (gonorar) yoki hakamlarda emas. Bu shuningdek, reklama, moliyaviy daromadlar bilan ham bog‘liq. Shuning uchun biz eng yaxshisini tanlab olishimiz zarur, – deydi Leffler FightHub TVga bergan intervyusida.
Avvalroq Golovkinning promouteri revansh jangi “AT&T Stadium”da (NFL Dallas Cowboys klubining uy stadioni, muxlis sig‘imi 100 ming) o‘tkazishni afzal bilayotganini ta’kidlagan edi.
Leffler bundan tashqari "Kanelo" bilan ikkinchi jang tashkil qilinishiga umid qilmoqda. Uning ma’lum qilishicha, tomonlar bu borada muzokaralarni o‘tgan hafta boshlab yuborgan va hattoki jang sanasini ham aniqlagan.
Hozircha mazkur jangni o‘tkazishga Butunjahon boks uyushmasi (WBC) va Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) ruxsat bergan.

Fikrlar