Golovkin: Men bunday raqibni jangni 20 yil kutdim

  • 17.07.2017 12:54
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasining WBA (Super), IBO, WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (37−0, 33 KO) meksikalik Saul “Kanelo” Alvares (49−1−1, 34 KO) bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mazkur qarama-qarshilik 16 sentyabr kun Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

canelo_golovkin

Men “Kanelo”dek raqib bilan jangni 20 yil kutdim. Alvares shu vaqtgacha men to‘qnash kelgan bokschilardan farq qiladi. U buyuk jangchi va buyuk chempion. 16 sentyabr kuni biz ajoyib boks shousini tashkil qilib beramiz, — deya Golovkinning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Jang 20 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan T-Mobile arenasida bo‘lib o‘tadi. Barcha chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!