Golovkin va Alvares jangi sentyabrda bo‘lishi oydinlashmoqda

  • 10.05.2018 16:16
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Butunjahon boks uyuushmasi prezidenti (WBC) Maurisio Suleyman katta ehtimol bilan sentyabr oyida o‘rta vazn toifasining WBC, WBA Super, IBF, IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin va Saul “Kanelo” Alvares o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, bu bokschilari o‘rtasida 5 may kuniga belgilangan to‘qnashuv meksikalik charm qo‘lqop ustasi bilan yuz bergan doping mojarosi sabab bekor qilingan edi.

Golovkin – Alvares jangidan ko‘ra, yaxshiroq to‘qnashuvni taqdim qilish mumkin emas. Men juda ham bu bokschilarning janeg borasida kelishuvga erishishlariga umid qilaman. Butun dunyo bu qarama-qarshilikni kutmoqda. Oldinga o‘tib ketmoqchi emasman, ammo hozirda barchasi Gennadiy va Saulning sentyabrda uchrashadi deya ko‘rsatmoqda, – deydi Suleyman Boxingscene nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!