
Goretska yangi mavsumni "Bavariya"da boshlashi mumkin
Gelzenkirxenning “Shalke-04” klubi xavbeki Leon Goretska yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Avvalroq 22 yoshli futbolchi nemis grandiga 2018 yilda o‘tishi haqida xabar tarqalgan edi. Biroq, myunxenliklar jarayonni tezlashtirishga qaror qilishdi.
Ma’lumot uchun, Goretska 2013 yildan buyon “Shalke” safida to‘p surmoqda. U joriy mavsum Germaniya Bundesligasining jami 30ta turida maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta goli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar