Go‘zal tennischimiz bosh sovrin uchun kurashadi
Qirg‘iziston mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnir - "Bishkek Open - 1" o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib kelmoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu turnirning yarim finalida yurtdoshimiz Milana Maslenkova qirg‘izistonlik Emma Nurgazieva bilan bahs olib bordi. Uch set davom etgan qiziqarli bahsda hamyurtimiz 6-2 1-6 6-1 hisob bilan g‘alaba qozondi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ertangi final uchrashuvda Milana Maslenkova qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrechonko bilan turnir g‘olibligi uchun kurash olib boradi.
Saodat Abdurahmonova

Fikrlar