Go‘zallar bahsida Elina g‘olib chiqdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Ayollar tennis uyushmasi shafe’ligida o‘tkazilgan mukofot jamg‘armasi 2 365 250 AQSh dollari bo‘lgan "Dubai Duty Free Championships - 2017" xalqaro turniri ukrainalik raketka ustasi Elina Svetolina g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ettinchi raqamda saralangan Elina Svitolina turnir davomida xitoylik Chjen Saysayni 7:5, 6:1, amerikalik Kristina Makxeylni 6:4, 6:4, Loren Devisni 6:0, 6:4 hisobida engdi.
Yarim final bahsida birinchi raqamda saralangan germaniyalik Anjelika Kerber ham 3:6, 6:7 hisobida ukrainalik raketka ustasining g‘alabasini tan oldi.
Elina Svetolina bosh sovrin uchun bo‘lgan bellashuvda Daniya vakilasi Karolin Voznyatskini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, nufuzli turnir g‘olibasiga aylandi.
SPORTS.uz

Fikrlar