Grizmann: "Barselona" va "Real"ga o‘tmayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" to‘purari Antuan Grizmann mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkinlini inkor qilmadi. Shuningdek, frantsiyalik hujumchi Ispaniya futbolining "Barselona" va "Real" singari grand klublariga nega o‘tmasligini ham izohlab berdi.

 

- Ayni paytda "Atletiko"ni tark etish niyatim yo‘q, - dedi Antuan Grizmann. - "Real Sosedad"da o‘ynaganimda ketish fikri ko‘p bo‘lgan. Agar "Atletiko"ni tark etsamam "Barselona" yoki "Real"ga o‘tmayman. Chunki Kataloniya klubida Lionel Messi, Neymar va Luis Suares kabi zo‘r hujumchilar bor. "Real"ga esa umuman bormayman.

Antuan Grizmann o‘z hamyuarti Pol Pogba bilan birga "Manchester Yunayted"da to‘p surishni rejalashtirmoqda. Joze Mourino ham bir necha marotaba jamoani Grizmann atrofida shakllantirish istagini bildirgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!